Allergologiya

Klaridol (sirop)

Allergiyaga qarshi samarasi 30 minutdan keyin rivojlanadi, 8-12 soat о‘tgach maksimumga yetadi va 24 soat davom etadi. 2 yoshdan boshlab bolalarga va keksa yoshdagi odamlarga ham berish mumkin.

Имеются противопоказания.
Необходима консультация специалиста

Allergiyaga qarshi samarasi 30 minutdan keyin rivojlanadi, 8-12 soat о‘tgach maksimumga yetadi va 24 soat davom etadi. 2 yoshdan boshlab bolalarga va keksa yoshdagi odamlarga ham berish mumkin.

Yo'riqnomani yuklab olish

Foydalanish uchun ko'rsatmalar:

  • allergik rinit
  • konyunktivit
  • pollinoz
  • eshakemi (shu jumladan surunkali idiopatik)
  • Kvinke shishi
  • Allergiyaga qarshi samarasi 30 minutdan keyin ta’sir ko’rsatadi (sirop)
  • 24 soat davomida ta’sir ko’rsatadi
  • Qulayligi kuniga 1 marta qo’llaniladi
  • Markaziy nerv tizimiga ta’sir qilmaydi va о‘rganib qolishlik chaqirmaydi (chunki amalda gematoenitsefalik tо‘siq orqali о‘tmaydi).
  • 2 yoshdan boshlab bolalarga va keksa yoshdagi odamlarga ham berish mumkin.
  • Har qanday oziq-ovqat bilan iste’mol qilish mumkin
  • Ichga qabul qilinadi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: 10 mg dan Klaridol (ikki choy qoshiq sirop) kuniga 1 marta. Sutkalik doza – 10 mg.
  •  

    2 dan 12 yoshgacha bо‘lgan bolalarga Klaridol dozasi tana vazniga qarab buyurish tavsiya qilinadi:

  • tana vazni 30 kg dan kamligida – 5 mg dan (bir choy qoshiq sirop) kuniga 1 marta. Sutkalik doza – 5 mg.
  •  tana vazni 30 kg va kо‘pligida – 10 mg dan (ikki choy qoshiq sirop) kuniga 1 marta. Sutkalik doza – 10 mg.

Loratadin – N1 – gistamin retseptorlarini blokatori (uzoq muddatli ta’sir qiluvchi). Semiz hujayralardan gistamin va leykotriyen ajralib chiqishini susaytiradi. Allergik reaksiyalar rivojlanishini oldini oladi va kechishini yengillashtiradi. Allergiyaga qarshi, qichishishga qarshi, ekssudatsiyaga qarshi ta’sirga ega. Kapillyarlar о‘tkazuvchanligini kamaytiradi, tо‘qimalarni shishi rivojlanishini oldini oladi, silliq mushaklar spazmini yо‘qotadi. Allergiyaga qarshi samarasi 30 minutdan keyin ta’sir ko’rsatadi, 8-12 soat о‘tgach maksimumga yetadi va 24 soat davom etadi. Markaziy nerv tizimiga ta’sir qilmaydi va о‘rganib qolishlik chaqirmaydi (chunki amalda gematoenitsefalik tо‘siq orqali о‘tmaydi).

Farmakokinetikasi

Me’da-ichak yо‘llaridan tez va tо‘liq sо‘riladi. Maksimal konsentratsiyaga erishish vaqti-1,3-2,5 soat; ovqat qabul qilish uni 1 soatga sekinlashtiradi. Jigarni alkogol bilan shikastlanishida kasallik og‘irligini oshishi bilan, keksa odamlarda maksimal konsentratsiyasi 50% ga oshadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi-97%. Jigarda sitoxrom R450 ni CYP3A4 va kamroq darajada CYP2D6 fermentlari ishtirokida faol metaboliti dekarboetoksiloratadin hosil qilib metabolizmga uchraydi.

Loratadin va metabolitini plazmadagi muvozanat konsentratsiyasiga yuborishni 5 sutkasida erishiladi. Gematoensefalik tо‘siqdan о‘tmaydi. Loratadinni yarimchiqarish davri -3-20 soat (о‘rtacha 8.4), faol metoolitini – 8,8-92 soat (о‘rtacha 28 soat); keksa patsiyentlarda mos ravishda – 6.7-37 soat (о‘rtacha 18,2 soat) va 11-38 soat (17,5 soat). Jigarni alkogolli shikastlanishida kasallik og‘irligini oshishi bilan yarimchiqarish davri oshadi. Buyraklar orqali va о‘t-safro bilan chiqariladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi bо‘lgan patsiyentlarda va gemodializ о‘tkazilganida farmakokinetikasi amalda о‘zgarmaydi.

О‘ta yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktatsiya davri, 2 yoshgacha bо‘lgan bolalar.

Ehtiyotkorlik bilan – jigar yetishmovchiligi.

 

Quyida sanab о‘tilgan nojо‘ya ta’sirlar, loratadin qо‘llaganida tez-tezligi ³2% uchraydi va platsebo («pustishka») qо‘llanganida ham taxminan shu tez-tezligida uchraydi.

Kattalarda: bosh og‘rig‘i, charchoqliq, og‘iz qurishi, uyquchanlik, me’da-ichak buzilishlari (kо‘ngil aynishi, gastrit), shuningdek teri toshmasi kо‘rinishidagi allergik reaksiyalar. Bundan tashqari anafilaksiya, alopetsiya, jigar faoliyatini buzilishi, yurak urishi, taxikardiya haqida kamdan-kam xabarlar bо‘lgan.

Bolalarda kamdan-kam: bosh og‘rig‘i, asabiylik, sedativ ta’sir.

3 yil. Preparatni ko’rsatilgan muddati tugaganidan keyin ishlatmang.

Quruq joyda, 20 dan to 300 S gacha haroratda.

Shifokor retseptisiz.

Shuningdek ko'rib chiqing