Гастроэнтерология

Омитокс

Золотой стандарт терапии кислотозависимых заболеваний. Ингибитор протонного насоса.

Имеются противопоказания.
Необходима консультация специалиста

Эффективность и безопасность препарата, поскольку Омепразол – самая проверенная молекула среди празолов, а это гарантия безопасности.

Загрузить инструкцию

Показания к применению:

  • о‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi qarshi vosita
  • me’da kasalligi qarshi vosita
  • Reflyuks-ezofagit
  • Nospetsifik yalig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP)
  • Zollinger-Ellison sindromi.
  • Helicobacter pylori bilan assotsiatsiyalangan me’da va о‘nikki barmoq ichakni eroziv-yarali shikastlanishlari (kompleks terapiya tarkibida).
  • Me’da va о‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi
  • Omeprazol — prazollar orasida eng ko’p tekshirilgan molekula ekanligi va bu uning xavfsizlik kafolati isbotlangan preparatning samaradorligi va xavfsizligidadir.
  • omeprazolni ta’siri birinchi soat davomida boshlanadi va 24 soat davom etadi.
  • amal qilish muddati 3 — yil.
  • Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish uni samaradorligiga ta’sir qilmaydi.
  • Omitoks bilan davolanishning kursi xarajatlari uning analogiga qaraganda narxi past.
  • Oshqozon yarasini tez va to’liq davolash;
  • Yaxshi eruvchanligi;
  • dozalash rejimi qulayligi — kuniga 1 mahal;
  • Davolanishning arzonligi.

Ichga kо‘p bо‘lmagan miqdordagi suv bilan ichiladi (kapsula ichidagisini chaynash mumkin emas).

Zо‘rayish bosqichidagi о‘nikki barmoq ichakni yara kasalligi — sutkada 20 mg dan 2-4 xafta davomida (rezistent xollarda sutkada 40 mg gacha).

Zо‘rayish bosqichidagi me’da yara kasalligi va eroziv-yarali ezofagit — sutkada 20-40 mg 4-8 xafta davomida.

NYAQP qabul qilish chaqirgan me’da va о‘nikki barmoq ichakni eroziv — yarali shikastlanishlari-sutkada 20 mg dan 4-8 xafta davomida.

Helicobacter pylori eradikatsiyasi — sutkada 2 marta 20 mg dan 7 kun davomida antibakterial vositalari bilan birgalikda.

Me’da va о‘nikki barmoq ichak yara kasalligini qaytalanishiga qarshi davolash -sutkada 10-20 mg dan.

Reflyuks — ezofagitni qaytalanishiga qarshi davolash — sutkada 20 mg dan uzoq vaqt davomida (6 oygacha).

Zollinger-Ellison sindromi — me’da sekretsiyasini dastlabki darajasiga qarab doza shaxsiy tanlanadi, odatda sutkada 60 mg dan boshlab. Zarurati bо‘lganida doza sutkada 80-120 mg gacha kо‘paytiriladi, bu xolda uni 2 qabulga bо‘linadi.

Farmakodinamikasi

Ferment N+K+ ATF-azani («proton nasosi») me’dani pariyetal hujayralarida ingibitsiya qiladi va shu bilan xlorid kislotasi sintezini yakuniy bosqichini bloklaydi. Bu qо‘zg‘atuvchini tabiatidan qa’tiy nazar, bazal va rag‘batlantirilgan sekretsiya darajasini pasayishiga olib keladi. Preparat ichga bir marta qabul qilinganidan keyin, omeprazolni ta’siri birinchi soat davomida boshlanadi va 24 soat davom etadi, samarasining maksimumiga 2 soatdan keyin erishiladi. О‘n ikki barmoq ichak yarasi bо‘lgan bemorlarda 20 mg omeprazol qabul qilish, me’da ichidagi rN ni — 3 da 17 soat davomida tutib turadi. Preparat qabul qilish tо‘xtatilganidan keyin, sekretor faollik 3-5 sutka о‘tgach tо‘liq tiklanadi.

Farmakokinetikasi

Omeprazol me’da-ichak yо‘llaridan tez sо‘riladi, plazmada konsentratsiyasini chо‘qisiga 0,5-1 soatdan sо‘ng erishiladi. Biokiraolishligi 30-40% tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 90% ga yetadi. Omeprazol amalda tо‘liq jigarda metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri – 0,5-1 soat. Asosan buyraklar orqali metabolitlari kо‘rinishida chiqariladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligida chiqarilishi kreatinin klirensini pasayishiga proporsional ravishda pasayadi. Keksa patsiyentlarda chiqarilishi kamayadi, biokiraolishligi oshadi. Jigar yetishmovchiligida biokiriolishligi – 100% tashkil qiladi, yarim chiqarilish davri – 3 soat.

Preparatga bо‘lgan yuqori sezuvchanlik,

bolalik yoshi,

homiladorlik,

laktatsiya davri.

Kam xollarda quyidagi, odatda qaytuvchi nojо‘ya ta’sirlari bо‘lishi mumkin:

Ovqat xazm qilish a’zolari tomonidan: diareya yoki qabziyat, kо‘ngil aynashi, qusish, metiorizm, qorin og‘rig‘i, og‘izni qurishi, ta’mni buzilishi, stomatit, plazmada «jigar» fermentlarini tranzitor ortishi; ilgari jigarni og‘ir kasalligi bо‘lgan bemorlarda – gepatit (shu jumladan sariqlik bilan), jigar faoliyatini buzilishi.

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, asabiylashish, uyquchanlik, uyqusizlik, parasteziyalar, depressiya, gallyusinatsiyalar; og‘ir yо‘ldosh somatik kasalliklari bо‘lgan bemorlarda, ilgari jigarning og‘ir kasalliklari bо‘lgan bemorlarda – ensefalopatiya.

Tayanch-xarakat apparati tomonidan: mushaklar bо‘shashishi, mialgiya, artralgiya.

qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya, trombotsitopeniya; alohida hollarda – agranulotsitoz, pansitopeniya.

Teri qoplamalari tomonidan: qichima; kam, alohida hollarda – fotosensibilizatsiya, multiform eritema, alopetsiya.

Allergik reaksiyalar: eshakemi, angionevrotik shish, bronxospazm, interstitsial nefrit va anafilaktik shok.

Boshqalar: kо‘rishni buzilishi, periferik shishlar, terlashni kuchayishi, isitma, ginekomastiya; kam – uzoq muddatli davolanish vaqtida me’da glandulyar kistalari hosil bо‘lishi (xlorid kislotasi sekretsiyasini ingibirlanishi oqibatida, xavfsiz, qaytuvchi xarakterga ega).

Dozani oshirib yuborish belgilari: kо‘rishni buzilishi, uyquchanlik, asabiylashish, ongni chalkashishi, bosh og‘rig‘i, kо‘p terlash, og‘izni qurishi, kо‘ngil aynish, aritmiya.

Spetsifik antidoti mavjud emas. Davolash simptomatik. Gemodializ – yetarlicha samarali emas.

Omeprazolni 20 mg dozada sutkada 1 marta uzoq muddat kofein, teofillin, piroksikam, diklofenak, naproksen, metoprolol, propronalol, etanol, siklosporin, lidokain, xinidin va ekstradiol bilan kombinatsiyada qо‘llash plazmada ularni konsentratsiyasini о‘zgarishiga olib kelmaydi.

Bir vaqtda qabul qilingan antatsidlar bilan о‘zaro ta’siri aniqlangan.

Sо‘rilishi rN qiymatiga bog‘liq bо‘lgan har qanday preparatni biokiraolishligini о‘zgartiradi (masalan, temir tuzlarini).

Davolashni boshlashdan oldin xavfli jarayon borligini mustasno qilish kerak (ayniqsa me’da yarasida), chunki davolash belgilarini niqoblab, tо‘g‘ri tashxis qо‘yishni orqaga surishi mumkin.
Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish uni samaradorligiga ta’sir qilmaydi.

Butun kapsulani yutishda qiyinchiliklar tug‘iladigan bо‘lsa, uni ichidagisini ochgandan keyin yoki kapsula sо‘rilganidan keyin yutish mumkin, shuningdek kapsula ichidagisini biroz nordonlangan suyuqlik (sharbat, yogurt bilan) aralashtirish va olingan suspenziyani 30 minut davomida ishlatish mumkin.

Og‘ir jigar yetishmovchiligi bо‘lgan bemorlarda sutkalik doza 20 mg dan oshmasligi kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va о‘ramda kо‘rsatilgan yaroqlilik muddat о‘tgandan sо‘ng qо‘llash mumkin emas.

Quruq, 25oS dan yuqori bо‘lmagan haroratda.

3 yil. О‘ramida kо‘rsatilgan yaroqlilik muddati о‘tgach qо‘llanilmasin.

Shifikor retsepti bо‘yicha.