Дерматология

Бинафин (таблетки)

Бинафин – грибок стопы победим! Правильный выбор при лечении грибковых поражений кожи, ногтей и волос.

Имеются противопоказания.
Необходима консультация специалиста

Обладает широким спектром противогрибкового действия. Принимается всего 1 раз в сутки. Доказанная эффективность и безопасность применения препарата.

Загрузить инструкцию

Показания к применению:

  • dermatofit zamburug‘lari chaqirgan onixomikoz
  • boshni sochli qismini mikozlari
  • Candida urug‘i (masalan Candida albicans), infeksiyani joylashishi, yaqqolligi yoki tarqalishi, peroral terapiyani maqsadga muvofiqligini taqazo qilgan hollarda.
  • terini zamburug‘li infeksiyalari - tana, boldir
  • oyoqlar yuzi

Keng ko’lamli zamburug‘larga qarshi ta’sirga ega

Kuniga atigi 1 marta qo’llaniladi

Preparatning samaradorligi va xavfsizligi isbotlangan.*

Rossiya Federatsiyasi etakchi klinikalari tomonidan o’tkazilgan ko’plab klinik tadqiqotlarda isbotlangan *

(«Klinik tadqiqotlar» bo’limiga qarang).

2 yoshdan bolalarga qo’llanilinishi mumkin.

Davolash davomiyligi kо‘rsatilishi va kasallikni og‘irligiga bog‘liq.

Bolalar 

Preparatni 2 yoshdan kichik (ularni tana vazni odatda 12 kg dan kam) bolalarda qо‘llash haqida ma’mumotlar yо‘q.

Preparat kuniga bir marta buyuriladi.

Bir martalik doza tana vazniga bog‘liq bо‘lib, tana vazni 20 kg dan kam bolalar uchun 62,5 mg ni (1/4 tabletka 250 mg lidan yoki 1/2 tabletka 125 mg lidan) tashkil qiladi, 20 mg dan 40 kg gacha –125 mg (1 tabletka 125 mg li yoki 1/2 tabletka 250 mg li), 40 kg dan kо‘p –250 mg (1tabletka 250 mg li).

Kattalar

Kattalarga Binafin odatda 1 tabletka (250 mg) sutkada bir marta buyuriladi.

Teri qoplamalarini infeksiyalari.

Davolashni tavsiya qilingan davomiyligi:

Oyoqlar yuzi dermatomikozi (panjalar orlig‘i, oyoqning kafti yoki paypoq turi bо‘yicha): 2-6 hafta,

Tana, boldirlar dermatomikozi — 2-4 hafta,

Teri kandidozi — 2-4 hafta,

Infeksiya kо‘rinishlari va u bilan bog‘liq bо‘lgan shikoyatlarni tо‘liq yо‘qolishi faqat mikologik tuzalishdan keyin birnecha hafta о‘tgach bо‘lishi  mumkin.

Sochlar va boshni sochli qismini infeksiyalari

Davolashni tavsiya etilgan davomiyligi

Boshni sochli qismini mikozi – 4 hafta

Boshni sochli qismini mikozi kо‘proq bolalarda uchraydi.

Onixomikoz

Kо‘pchilik patsiyentlarda Binafin bilan samarali davolashni davomiyligi 2 dan 6 haftagacha. Kaftlar onixomikozida kо‘pchilik hollarda 6 hafta davolash yetarli. Oyoq kaftlarini onixomikozida kо‘pchilik hollarda 12 hafta davolash yetarli. Tirnoqlarini о‘sish tezligi past bо‘lgan ayrim bemorlarda, davolash vaqti kо‘proq davom etishi mumkin. Optimal klinik samara mikologik tuzalishdan va terapiya tо‘xtatilgandan keyin bir necha oy о‘tgach kuzatiladi. Bu sog‘ tirnoq о‘sishi uchun zarur bо‘lgan vaqt bilan belgilanadi.

Keksa yoshdagi shaxslarda qо‘llash.

Keksa yoshdagi shaxslar uchun preparat dozasini о‘zgartirish talab qilinishiga yoki ularda yoshroq patsiyentlardagidan farqlanadigan nojо‘ya ta’sirlari bо‘lishi mumkinligini faraz qilishga asos yо‘q. Bunday yoshli guruhda preparat tabletkasi qо‘llangan holda, jigar yoki buyrak faoliyatini yonaki buzilishi imkoniyatini hisobga olish kerak.

Bolalarda qо‘llash

2 yoshdan oshgan bolalarda ichga qabul qilish uchun Binafinni о‘zlashtirilishi yaxshi.

Farmakodinamikasi

Terbinafin — teri, sochlar va tirnoqlarni kasalliklarini chaqiruvchi zamburug‘larga nisbatan keng ta’sir doirasiga ega bо‘lgan allilamindir. U Trichophyton (masalan, T.rubrum, T.mentagrophytes, T.tonsurans, T.verrucosum, T.violaceum), Microsporum (masalan, M. Canis), Epidermophyton floccosum, kabi dermatofitlarga, shuningdek Candida (masalan, Candida albicans) va Pityrosporum urug‘lari achitqisimon zamburug‘larga nisbatan faol. Terbinafin past konsentratsiyalarda dermatofitlar, mog‘or zamburug‘lar va ayrim dimorf zamburug‘lariga nisbatan fungitsid ta’sir kо‘rsatadi. Achitqisimon zamburug‘larga nisbatan faolligi, ularni turiga qarab, fungitsid yoki fungistatik bо‘lishi mumkin.

Terbinafin zamburug‘ hujayrasida sterinlar biosintezini erta bosqichini spetsifik ravishda bosadi. Bu ergosterin yetishmovchiligiga va skvalenni hujayra ichida tо‘planishiga olib keladi, oqibatda zamburug‘ hujayrasini о‘limini chaqiradi. Terbinafin ta’siri zamburug‘ hujayrasi membranasida skvalenepoksidaza fermentini ingibirlash yо‘li bilan amalga oshiriladi. Bu ferment sitoxrom R450 tizimiga mansub emas. Terbinafin gormonlar yoki boshqa dori vositalarini metabolizmiga ta’sir kо‘rsatmaydi. Binafin ichga buyurilganida terida, sochlarda va tirnoqlarda preparatni fungitsid ta’sirini ta’minlovchi konsentratsiyasi hosil bо‘ladi.

Farmakokinetikasi

Terbinafin ichga 250 mg dozada bir marta qabul qilinganidan keyin, qon plazmasida preparatni maksimal konsentratsiyasiga 2 soatdan sо‘ng erishiladi va 0,97 mkg/ml ni tashkil qiladi. Yarimabsorbsiya davri 0,8 soatni tashkil qiladi, yarimtarqalish davri esa — 4,6 soat. Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilinganida preparat dozasini tо‘g‘rilash talab qilinmaydi. Terbinafin ancha darajada (99%) qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi, terini dermal qavatiga tez о‘tadi va lipofil mug‘uz qavatda tо‘planadi. Terbinafin shuningdek yog‘ bezlarini sekretiga о‘tadi, bu soch follikullarida, sochlarda, va yog‘ bezlariga boy bо‘lgan terida yuqori konsentratsiyalarini hosil bо‘lishiga olib keladi. Terbinafinni shuningdek davolashni boshlagandan keyin birinchi birnecha xaftada tirnoq plastinkalariga о‘tishi  kо‘rsatilgan.

Terbinafin tez metabolizmga uchraydi va kо‘proq darajada sitoxrom R450 ni kamida yetti izofermenti ishtirokida, bunda asosiy rolni SYP2C9, SYP1A2, SYP3A4,CYP2C8, va CYP2C19 о‘ynaydi. Terbinafinni biotransformatsiyasi natijasida, zamburug‘larga qarshi ta’siriga ega bо‘lmagan va asosin siydik bilan chaqiriladigan metabolitlari hosil bо‘ladi. Preparatni oxirgi yarim chiqish davri 17 soat. Preparatni organizmda qanday bо‘lmasin kumulyatsiyasi isbotlanmagan. Binafinni plazmada yoshga bog‘liq bо‘lgan muvozanat konsentratsiyasini о‘zgarishi aniqlanmagan, lekin buyrak yoki jigar faoliyati buzilgan bemorlarda, preparatni chiqarilish tezligi sekinlashishi mumkin, bu qon plazmasida terbinafin konsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Jigarni yondosh kasalliklari bо‘lgan bemorlardagi Binafinni bir martalik dozasini farmakokinetik tekshiruvlarida preparat klirensini 50% pasayishi mumkinligi kо‘rsatilgan.

Terbinafinga yoki Binafin tarkibiga kiruvchi har qanday boshqa komponentga bо‘lgan yuqori sezuvchanlik.

Shu dorini qabul qilishingizdan avval yuriqnomani diqqat bilan о‘qib chiqing.

 

— Yuriqnomani saqlab qoling, u sizga yana kerak bо‘lishi mumkin.

— Savollaringiz paydo bо‘lsa, shifokorga murojaat qiling.

— Bu dori faqat shaxsan sizga buyurilgan va uni hech kimga berish mumkin emas, chunki u  xuddi sizdagi simptomlarning mavjudligiga qaramasdan, boshqalarga zarar yetkazishi mumkin.

 

Agarda Binafin bilan davolanish jarayonida bemorda tushuntirib bо‘lmaydigan turg‘un kо‘ngil aynishi, qusish, ishtahani yо‘qolishi, charchoqlik, sarg‘ayish, о‘ng qovurg‘a osti og‘riqlari, tо‘q siydik yoki rangsizlangan axlat kabi jigar faoliyatini buzilishini taxmin qilishga imkoniyat beraoladigan holatlar kuzatilsa, bu holda ushbu belgilarni jigardan kelib chiqishiga ega ekanligini tasdiqlash (ALT, ASTni zardob konsentratsiyasini aniqlash) va Binafin bilan davolashni bekor qilish kerak. Patsiyent unda bunday belgilar paydo bо‘lganida shifokorga murojaat qilishi kerakligi haqida ogohlantirilishi lozim. Madomiki jigarni yondosh surunkali yoki faol kasalliklari bо‘lgan bemorlarda, Binafin qо‘llashni kursli о‘rganish bо‘yicha perspektiv klinik tekshiruvlar о‘tkazilmagan ekan, ushbu toifa bemorlarga uni buyurish tavsiya qilinmaydi.

Buyrak faoliyati buzilgan bemorlar (kreatinin klirensi 50 ml/min dan kam yoki zardob kreatinini darajasi 300 mkmol/l dan kо‘p) preparatni odatdagi dozasini yarmini olishlari kerak.

in vitro tekriruvlarda aniqlanganki, terbinafin sitoxrom 2D6 (CYP2D6) fermenti vositasidagi metabolizmni bosadi. Shuning uchun bir vaqtda Binafin va kо‘proq shu ferment ishtirokida metabolizmga uchraydigan preparatlar uchsiklik antidepressantlar, beta-adrenoblokatorlar, serotoninni qayta egallab oluvchilarni selektiv ingibitorlari va V turi monooksidaza ingibitorlari, kabi bilan davolanayotgan bemorlar ustida doimiy kuzatishni amalga oshirish kerak, shu holatdagi, agarda bir vaqtda qо‘llanayotgan preparat terapevtik konsentratsiyasini kichik diapazoniga ega bо‘lsa.

Homilador ayollarda Binafinni qо‘llash klinik tajribasi juda cheklanganligi tufayli, preparatni homiladorlik davrida qо‘llash mumkin emas, agarda potensial davolash samarasi, terapiyani mumkin bо‘lgan xavfidan yuqori bо‘lmasa. Terbinafin kо‘krak suti bilan chiqadi, shuning uchun Binafinni ichga qabul qilayotgan ayollar emizmasliklari kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati о‘tgandan sо‘ng ishlatilmasin.

Sog‘lom kо‘ngillilarda о‘tkazilgan in vitro tekshirish natijalari terbinafinni sitoxrom R450 tizimi ishtirokida metobolizmga uchraydigan (masalan, siklosporin, terfenafin, tolbutamid, triazolam yoki oral kontratseptivlar) kо‘pchilik preparatlarni klirensini bosish yoki kuchaytirish uchun biroz potensialga ega ekanligini kо‘rsatdi.

Shunga qaramasdan in vitro tekshiruvlarda terbinafinni CYP2D6 — vositali metabolizmni bosishi aniqlangan. Bu, in vitro tajribalarda olingan ma’lumotlar, kо‘proq shu ferment yordamida metabolizmga uchraydigan preparatlar uchun klinik ahamiyatli bо‘lishi mumkin, bular uchsiklik antidepressantlar, beta-adrenodlokatorlar, serotoninni qayta egallab oluvchilarni selektiv ingibitorlari, va V tur monoaminooksidaza ingibitorlari — shu holdagi, agarda bir vaqtda qо‘llanilayotgan preparat terapevtik konsentratsiyasini past diapazoniga ega bо‘lsa. Binafin va peroral kontratseptivlarni bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentkalarda, ayrim hollarda menstrual siklni muntazam emasligi aniqlangan, biroq bu buzilishlarni chastotasi faqat peroral kontratseptivlarni kо‘rsatgichlari chegarasida qolgan. Boshqa tomondan, terbinafinni umumiy klirensi, metabolizmni tezlashtiruvchi (rifampitsin kabi) dori preparatlari tomonidan tezlashtirilishi mumkin va sitoxrom R450 ni ingibirlovchi (simetidin kabi) preparatlar tomonidan sekinlashtirilishi mumkin.

Kо‘rsatilgan preparatlarni bir vaqtda qо‘llash zarurati bо‘lgan hollarda, Binafin dozasini adekvat tо‘g‘irlash talab qilinishi mumkin.

Binafin umuman yaxshi о‘zlashtiriladi. Nojо‘ya ta’sirlari odatda kuchsiz yoki о‘rtacha namoyon bо‘ladi va о‘tkinchi xarakterga ega. Hammadan kо‘p (1 dan 10% gacha chastotada) me’da-ichak yо‘llari tomonidan belgilar aniqlanadi (me’dani tо‘lib ketganligi hissi, ishtahani  yо‘qolishi, dispepsiya, kо‘ngil aynishi, qorinda kuchsiz bо‘lgan og‘riqlar, diareya), og‘ir bо‘lmagan teri reaksiyalari (toshmalar, eshakemi), mushak-skelet reaksiyalari (artragiya, mialgiya). Ta’m tuyg‘usini buzilishi, uni yо‘qolishini ham qо‘shib 0,1 dan 1% chastotada uchraydi, davolash tugaganidan sо‘ng birnecha xafta chegarasida tiklanishi bо‘ladi. Kam 0,01 dan 0,1% gacha chastotada Binafin bilan davolanishga bog‘liq gepatobiliar buzilishlar (birlamchi xolestaz bilan bog‘liq bо‘lgan, shu jumladan jigar yetishmovchiligini hollari ham haqida xabarlar bor, ulardan ayrimlari о‘limga yoki jigarni transplantatsiyasiga olib kelgan, biroq kо‘pchilik hollarda patsiyentlar jiddiy yondosh kasalga ega bо‘lganlar va jigar yetishmovchiligi holini Binafin qо‘llash bilan bog‘liqligi gumonli deb baholangan.

Juda kam uchraydigan jiddiy teri rekatsiyalari (Stiven-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, anafilaktoid reaksiyalar) haqida xabarlar bor. Agarda progressiyalovchi teri toshmalari rivojlansa, Binafin bilan davolashni tо‘xtatish kerak. Neytropeniya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya kabi juda kam uchraydigan gemotologik buzilishlar haqida ham xabarlar bor. Soch tо‘kilishini juda kam hollari haqida xabarlar bor, lekin buni preparatni qabuli bilan sababli bog‘liqligi aniqlanmagan bо‘lsa ham.

Binafin dozani oshirib yuborishni (qabul qilingan doza 5 g ni tashkil qilgan) bir necha hollari haqida xabarlar bor, unda bosh og‘rig‘i, kо‘ngil aynishi, epigastral soxada og‘riq va bosh aylanishi kuzatilgan.

Dozani oshirib yuborish hollaridagi tavsiya qilingan davolash preparatni chiqarish bо‘yicha tadbirlarni о‘z ichiga oladi, birinchi navbatda faollashtirilgan kо‘mir buyurish, me’dani yuvish va zarurati bо‘lganida simptomatik tutib turuvchi terapiyadan foydalanish kerak.

Kо‘ruq joyda, 25oS dan yuqori bо‘lmagan haroratda.

Shifokor retsepti bilan.

3 yil. О‘ramida kо‘rsatilgan yaroqlilik muddati о‘tgach qо‘llanilmasin.