Дерматология

Бинафин (крем)

Бинафин всегда поможет, если вдруг грибок тревожит! Противогрибковое средство широкого спектра действия.

Имеются противопоказания.
Необходима консультация специалиста

Доказанная эффективность и безопасность применения препарата. Подтверждено во многих проведенных клинических исследованиях ведущих клиник РФ. Применяется всего 1 раз в сутки.

Загрузить инструкцию

Показания к применению:

  • Tana, boldirlar dermatomikozi, oyoq panjalari dermatomikozi
  • Teri kandidozi
  • Qaytalanuvchi lishay
  • teri zamburug‘lari
  • terlash, badbo'y hid
  • qichish yoki achishish hissi
  • teri achishishida
  • Kuniga atigi 1 marta qo’llaniladi
  • Zamburug‘larga qarshi keng ta’sir doirasiga ega
  • Preparatning ta’sirchanligi va xavfsizligi isbotlangan.
  • Rossiya Federatsiyasi etakchi klinikalari tomonidan o’tkazilgan ko’plab klinik tadqiqotlarda isbotlangan. («Klinik tadqiqotlar» bo’limiga qarang).
  • 12 yoshgacha bо‘lgan bolalarda ushbu preparatni qо‘llash tavsiya qilinmaydi.
  • Homiladorlik davrida preparatni faqat juda qat’iy kо‘rsatgichlar bо‘yicha va agarda potensial davolovchi samarasi mumkin bо‘lgan xavfdan ustun bо‘lganda qо‘llash kerak.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar

Binafinni teriga sutkada bir yoki ikki marta qо‘yish mumkin. Krem qо‘yishdan oldin shikastlangan joylarni tozalash va quritish kerak. Krem terini shikastlangan joylariga va  atrofiga  yupqa  qavat  qilib   qо‘yiladi  va biroz ishqalanadi.  Qazg‘oqlanish bilan birga kechuvchi infeksiyalarda (sut bezlari ostida, barmoqlar orasida, dumbalar orasida, chov sohasida), krem qо‘yilgan joyni doka bilan yopish mumkin, ayniqsa tunga.

Davolanishning о‘rtacha davomiyligi:

Tana, boldirlar dermatomikozi: bir hafta, kuniga bir marta.

Oyoq panjalari dermatomikozi: bir hafta, kuniga bir marta.

Teri kandidozi: 1-2 hafta, kuniga 1 yoki 2 marta.

Qaytalanuvchi lishay: 2 hafta kuniga 1 yoki 2 marta.

Klinik kо‘rinishlarini yaqqolligi odatda davolanishning birinchi kunlarida kamayadi. Muntazam davolanmagan holda yoki uni muddatidan oldin tо‘xtatilganida, infeksiyani qaytalanish xavfi bor.

Agarda ikki hafta davolangandan keyin yaxshilanish belgilari kuzatilmagan holda, tashxis verifikatsiyasini о‘tkazish lozim.

Preparatni keksa yoshdagi shaxslarda qо‘llash

Keksa yoshdagi shaxslar uchun preparat dozasini о‘zgartirish talab qilinishi yoki ularda nisbatan yoshroq patsiyentlardagidan farq qiluvchi nojо‘ya ta’sirlar kuzatilishi mumkin deb gumon qilishga hech qanday asos yо‘q.

Preparatni bolalarda qо‘llash

12 yoshgacha bо‘lgan bolalarda ushbu preparatni qо‘llash tavsiya qilinmaydi.

Binafin 1% krem dori shaklida – mahalliy qо‘llash uchun zamburug‘larga qarshi preparat. Terbinafin – binafinni faol moddasi allilamin bо‘lib, zamburug‘larga qarshi keng ta’sir doirasiga ega. Binafin dermatofitlarga, mog‘or va ayrim dimorf zamburug‘larga nisbatan fungitsid ta’sir kо‘rsatadi. Achitqisimon zamburug‘larga nisbatan faolligi ularni turiga qarab fungitsid yoki fungistatik bо‘lishi mumkin.

Binafin zamburug‘larda bо‘layotgan ergosterol biosintezini erta bosqichlarida buzadi. Bu ergosterol tanqisligiga olib keladi va skvalenni xujayra ichida tо‘planishiga, bu zamburug‘ xujayrasini о‘limini chaqiradi. Binafin ta’siri zamburug‘ xujayrasini membranasida joylashgan skvalenepoksidaza fermentini ingibirlashi yо‘li bilan amalga oshiriladi. Bu ferment sitoxrom R450 tizimiga mansub emas. Binafin gormonlar va boshqa dori vositalarini metabolizmiga ta’sir qilmaydi.

Farmakokinetikasi

Mahalliy qо‘llaganda kremni 5% dan kamrog‘i sо‘riladi, shunday qilib, preparatni tizimli ta’siri minimal.

Binafin yoki krem tarkibiga kiruvchi har qanday boshqa komponentga bо‘lgan yuqori sezuvchanlik.

Binafin dozasini oshirib yuborish hollari haqida xabar berilmagan. Agarda preparat tasodifan ichga qabul qilinsa, bunda binafin tabletkalarini dozasini oshirib yuborilganidagi nojо‘ya ta’sirlar rivojlanishini kutish mumkin: kо‘ngil aynashi, ishtahani buzilishi, qorinni yuqori qismida og‘riqlar, diareya.

Preparat qо‘yilgan joyda kam hollarda qizarish, qichish yoki achishish hissi aniqlangan, biroq bu kо‘rinishlar kamdan-kam davolanishni tо‘xtatish kerakligiga olib kelgan. Bu yuqorida aytilgan belgilarni allergik reaksiyalardan ajratish kerak, masalan, eshakemi, u kam paydo bо‘ladi, biroq ular paydo bо‘lganida davolanishni tо‘xtatish kerak.

Homiladorlik davrida preparatni faqat juda qat’iy kо‘rsatgichlar bо‘yicha va agarda potensial davolovchi samarasi mumkin bо‘lgan xavfdan ustun bо‘lganda qо‘llash kerak.

Laktatsiya davrida preparatni buyurish zarurati bо‘lganida, emizishni tо‘xtatish masalasini hal qilish kerak.

Quruq joyda, 20 dan 30oS gacha bо‘lgan haroratda. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Shifokor retseptsiz beriladi.

3 yil.

Preparat о‘ramida kо‘rsatilgan yaroqlilik muddati о‘tgandan sо‘ng ishlatilmasin.